Ukraina prezidenti Petr Poroşenkoning bayonot berişiça, Rossiyaning maqsadi Ukrainani töliq bosib olişdan iboratdir. U, CNN telekanaliga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan.
Uning sözlariga köra, göyo Rossiya Ukrainani «Rossiya imperiyasi»ning ajralmas qismi bölişini xohlaydi.
«Ularning maqsadi bitta — dunyodagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni izdan çiqariş», — degan Poroşenko.
Avvalroq, Ukraina davlat rahbari, AQŞ va YeI mamlakatlari Rossiyaga qarşi iqtisodiy jazo çoralarini davom ettirişi lozim, degandi.








