Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Damas» ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
Poytaxtning Bektemir tumanida «Damas» rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ikki nafar yo‘lovchi jarohatlandi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 17 noyabr kuni Bektemir tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Ohangaron shohko‘chasida harakatlanib kelayotgan «Damas» rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib, shifokorlar tomonidan ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.