O‘zbekiston | 15:00 / 19.11.2025
2453
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xon Saroy: 6 yillik yutuqlar

2019 yilda Xon Saroy Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy binolarini loyihalash va qurish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 14 ta loyihani qurib bitkazgan, 2200 ta hamyurtlarimizni ish joyi bilan ta’minlab kelmoqda.

Olti yil davomida Xon Saroy qurilish sohasida sezilarli natijalarga erishdi: Toshkent va Navoiy shaharlarida 14 ta loyiha yakunlangan, 12 000 ga yaqin oila yangi uy bilan ta’minlangan.

Foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualari:

Toshkent shahrida:

  • Xon Saroy — 2022 yil
  • Ayvon — 2022 yil
  • Pandora — 2022 yil
  • Mega Tower — 2022 yil
  • Diplomat — 2023 yil
  • Sayram — 2023 yil
  • Parlament — 2024 yil
  • Salom Qo‘yliq — 2024 yil
  • Ocean — 2024 yil
  • Orzular — 2025 yil

Navoiy shahrida:

  • Navoiy City 1
  • Navoiy City 2
  • Sulton Saroy
  • Sherxon House

Bugungi kunda kompaniya Miroobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Yashnobod va Bektemir tumanlarida joylashgan 610 ming kv.m maydonni o‘z ichiga olgan 10 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Zo‘rsan, Vatan, Vodiy, Afsona, Shirin Hayot, Muhabbat Shahri, Ramazon, Fazo kabi loyihalarida esa qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Har bir loyihani amalga oshirishda kompaniya aholiga qulay, xavfsiz va funksional yashash muhitini yaratishga intilladi. Xon Saroy’ning eng muhim 7 qadriyati:

  • Yangi chaqiriqlarga tayyorlik
  • Xaridor qulayligi — ustuvor
  • Jamoaviy yondashuv
  • Aniq natijaga yo‘naltirilganlik
  • Mas’uliyat — har bir ishning asosi
  • Har bir bosqichda samaradorlik
  • Halol yondashuv

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrida 8 ta va Navoiyda 1 ta savdo ofislari faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha bo‘limlar har kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Xaridorlar o‘zlariga qulay manzilda joylashgan ofisga kelib, istalgan loyiha haqida to‘liq ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Tijorat loyihalaridan tashqari kompaniya media yo‘nalishda ham ish olib boradi. 2025 yilda xonanda Shoxruhxon va rejissyor Sunnat Namozov bilan hamkorlikda suratga olingan “Musiqa bu sevgi” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Xon Saroy mamlakatda sport rivojiga o‘z hissasini qo‘shib keladi. Bodybuilding va Taekvondo sport turlarida yosh hamda malakali sportchilarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Xon Saroy qulay yashash muhiti yaratish, sifatli xizmat va mahsulotlar taqdim etish, hamda xaridorlar uchun qulay narx va shartlarni saqlab qolish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Kompaniya kelajakda bundan-da katta maqsadlar qo‘ygani haqida ma’lum qildi.

Batafsil ma’lumot uchun: 71 200 74 00

Xonsaroy.uz | Telegram | Instagram

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid