Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul porti rossiyalik sayyohlar bo‘lgan kemaga to‘xtashga ruxsat bermadi
Astoria Grande layneriga Istanbul portida to‘xtashga ruxsat berilmagach, u Sochiga yo‘l oldi.
Istanbul porti payshanba, 20 noyabrda rossiyaliklar bor Astoria Grande kruiz layneriga to‘xtash uchun ruxsat bermadi. RIA «Novosti» agentligining kema vakiliga tayanib xabar qilishicha, natijada ertalabdan soat 15:00 gacha kutib turgan layner kruizning yakuniy manzili — Rossiyaning Sochi shahriga yo‘l olgan.
Bunday vaziyat birinchi marta ro‘y berdi. Ilgari Palau bayrog‘i ostida yuradigan Astoria Grande kemasi bir necha bor Istanbulga kirgan. Laynerga sayohatlarni sotadigan «SK Akvilon» kompaniyasiga ko‘ra, port ma’muriyati o‘z qarorini izohlamagan.
Turkiyaning Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, Astoria Grande bortida 616 nafar yo‘lovchi, asosan rossiyaliklar, shuningdek ekipaj a’zolari bo‘lgan. Kruiz doirasida layner Antaliya, Alaniya va Izmir portlariga tashrif buyurgan. Astoria Grande’ning keyingi kruizlari jadval bo‘yicha o‘tkaziladi, deb xabar qildi «SK Avilon».
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026