Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
2030 yilgacha turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish, chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 milliondan 20 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2030 yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish;
- chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 milliondan 20 millionga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2026–2028 yillarda quyidagi loyiha va chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy obektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha «Samarqandning meros yo‘li» loyihasi;
- Xiva shahridagi Ichan-Qal’a majmuasini jahonda yagona bo‘lgan immersiv va «aqlli» muzey-shaharga aylantirish.
Mavzuga oid
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025
Samarqand viloyatida volfram majmuasi quriladi
18:39 / 25.11.2025