Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay aviasalonida HAL Tejas qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Hindistonning ko‘p maqsadli HAL Tejas jangovar samolyoti Dubai Airshow 2025 aviasalonida ko‘rgazmaviy parvoz chog‘ida halokatga uchradi, uchuvchi katapulta qilishga ulgurmadi.
Hindistonning yengil ko‘p maqsadli HAL Tejas qiruvchisi Dubai Airshow 2025 Xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasi doirasidagi namoyish parvozi paytida quladi, uchuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘ldi. Bu haqda juma kuni, 21 noyabrda, Hindiston Havo kuchlari xabar berdi.
Hodisa joyidan olingan videolavhalarda samolyotning keskin pastlay boshlagani va yerga urilgani, shu zahotiyoq halokat joyida yong‘in va qora tutun ko‘tarilgani aks etgan.
Fojia Dubaydagi Al-Maktum xalqaro aeroportida ro‘y bergan, sodir bo‘layotgan voqeani ko‘plab tomoshabinlar kuzatib turgan edi. Hodisadan so‘ng sirenalar ishga tushgani haqida AP agentligi xabar berdi. Avariya sabablarini aniqlash uchun tergov komissiyasi tuzilayotgani Hindiston Havo kuchlari tomonidan ma’lum qilindi.
Tejas — hind qiruvchisi bo‘lib, uni davlatga qarashli Hindustan Aeronautics Limited (HAL) kompaniyasi ishlab chiqaradi. Joriy yil sentabr oyida Hindiston Mudofaa vazirligi HAL bilan Hindiston Havo kuchlari uchun 97 ta Tejas samolyotini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Samolyotlarni yetkazib berish 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda.
2021 yilda ham Hindiston hukumati HAL bilan yana 83 ta qiruvchi xaridi haqida kelishuv imzolagan edi. Boshlang‘ich rejaga ko‘ra, yetkazib berish 2024 yilda boshlanishi kerak edi, biroq asosan AQShdan import qilinadigan dvigatellar tanqisligi tufayli bu muddat keyinga qoldirilgan.
Dubai Airshow dunyodagi eng yirik aviasalonlardan biri hisoblanadi. Bu yil u 19-marta o‘tkazildi. Ko‘rgazma 17 noyabrda boshlangan, 21 noyabr esa aviasalonning yakuniy ish kuni bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026