Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tinchlik rejasi Ukraina uchun yakuniy taklif emasligini aytdi
Oq uy rahbari faqatgina «uzoq vaqt oldin yuz berishi kerak bo‘lgan» tinchlikka erishmoqchi ekanini qo‘shimcha qildi.
Foto: Leon Neal / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarning Ukrainaga so‘nggi taklif haqidagi savoliga salbiy javob berdi.
Amerika tinchlik rejasi muhokamasi fonida undan «Bu sizning Ukrainaga oxirgi taklifingizmi?» deb so‘rashdi. Bunga Tramp «yo‘q» deb javob berdi.
Oq uy rahbari faqatgina «uzoq vaqt oldin yuz berishi kerak bo‘lgan» tinchlikka erishmoqchi ekanini qo‘shimcha qildi. Va agar o‘zi prezident bo‘lganida, mojaro yuz bermas edi, deb yana bir bor aytdi. «Biz bu urushni qanday bo‘lmasin tugatishga harakat qilyapmiz», dedi u.
Tramp bir kun avval Fox Radio efirida «Shukronalik kuni»ga to‘g‘ri keladigan 27 noyabrni Ukraina taklifga rozi bo‘lishi uchun «mos muddat» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar «ishlar yaxshi ketsa», unda muddatlarni ko‘chirish mumkin.
Amerika yetakchisining fikricha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning qo‘lida «karta yo‘q» va u kelishuvni ma’qullashi kerak.
Ukraina rahbari Trampning rejasini izohlar ekan, Kiyev «juda qiyin tanlov» oldida qolishi mumkinligini ta’kidladi: «yo 28 punkt» yoki «qadr-qimmatni yo‘qotish va asosiy hamkorni yo‘qotish xavfi».
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika tinchlik rejasini sharhlar ekan, shunday dedi: «O‘ylaymanki, u ham yakuniy tinchlik kelishuviga asos bo‘lishi mumkin. Ammo bu matn biz bilan mavzu jihatidan muhokama qilinmadi. Sababini taxmin qilishim mumkin. Menimcha, sababi o‘sha-o‘sha. AQSh ma’muriyati haligacha Ukraina tomonining roziligini ololmayapti. Ukraina qarshi».
Mavzuga oid
16:15
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10
AQSh NATOdagi majburiyatlarning asosiy qismini Yevropaga o‘tkazmoqchi
14:42