Jahon | 19:56 / 22.11.2025
3134
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina va AQSh Shveytsariyada tinchlik rejasi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

Ukraina bu jarayonga o‘z manfaatlarini aniq anglagan holda yondashishi ta’kidlanmoqda.

Foto: AFP

Ukraina va AQSh yaqin kunlarda bo‘lajak tinchlik kelishuvining ehtimoliy parametrlari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Rustem Umerov xabar berdi.

«Ukraina bu jarayonga o‘z manfaatlarini aniq anglagan holda yondashmoqda. Bu so‘nggi kunlarda davom etayotgan muloqotning navbatdagi bosqichi bo‘lib, birinchi navbatda keyingi qadamlar bo‘yicha qarashlarni kelishib olishga qaratilgan», deb yozdi u.

Umerov postining dastlabki variantida muzokaralar «Yevropalik hamkorlar ishtirokida Shveytsariyada» o‘tkazilishi qayd etilgan. Keyinchalik bu jumla o‘chirildi. Keyin Umerov Yevropa yetakchilarini emas, balki Shveytsariyani qaytardi.

Ukraina prezidenti ofisi ham yaqin kunlarda urushni tugatish bo‘yicha qadamlar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Kiyev haqiqiy tinchlikka erishish uchun imkon qadar tezroq ishlashga tayyorligini ta’kidlamoqda.

Muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga prezident ofisi rahbari Andrey Yermak boshchilik qiladi. Unga, shuningdek, Umerov, Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov va boshqa amaldorlar va harbiylar kiradi.

Reuters agentligi 21 noyabr kuni kechqurun manbalarga tayanib, Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya rasmiylari AQSh rejasiga javoban «qarshi taklif tayyorlayotgani» haqida xabar berdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid