Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaliklar Tramp tinchlik rejasining kamida 4 ta bandini o‘zgartirmoqchi
Bandlar hududlar bo‘yicha yon berish, armiyani qisqartirish, xavfsizlik kafolatlari va muzlatilgan aktivlar bilan bog‘liq.
Foto: ddp/ds Nachrichtenagentur
Yevropa yetakchilariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukraina uchun ishlab chiqilgan tinchlik rejasining kamida to‘rtta bandi o‘zgartirilishi kerak. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri yozdi.
Avvalo, yevropaliklar hududlarni bo‘lish, ya’ni butun Donbass va Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olish taklifiga rozi emas.
«Ehtimol, Rossiya armiyasi sonidan umidsiz ravishda ortda qolayotgan Ukraina harbiylarini qisqartirish bo‘yicha taklif ham muhokama qilinadi», deyiladi materialda.
Bundan tashqari, Yevropa yetakchilarida AQSh Ukraina uchun taklif qilgan xavfsizlik kafolatlari shubha uyg‘otmoqda. Jumladan, ular Rossiya berishi kerak bo‘lgan kafolatlarga ishonch yo‘qligini ta’kidlamoqda. Axir bunday kelishuvga 1994 yilda erishilgan, shunda Ukraina o‘z yadro qurolidan voz kechgan, ammo keyinchalik Rossiya baribir bostirib kirgan edi.
Yevropa o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yana bir band Rossiyaning umumiy qiymati taxminan 300 milliard yevro bo‘lgan muzlatilgan aktivlariga tegishli. Rejaga ko‘ra, Tramp nafaqat AQSh 50 foiz ulushini oladigan 100 milliard yevrolik sarmoyani Rossiyaga yo‘naltirmoqchi, balki bu mablag‘lar yordamida yangi Amerika-Rossiya investitsiya vositasini yaratmoqchi.
The Guardian nashrining yozishicha, AQSh Kiyev 28 banddan iborat tinchlik rejasini qabul qilmasa, bundan ham yomonroq shartlarga ega kelishuv bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
16:15
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
15:10
AQSh NATOdagi majburiyatlarning asosiy qismini Yevropaga o‘tkazmoqchi
14:42