Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela narkokartelini xorijiy terrorchilik tashkiloti deb tan oldi
AQSh ma’muriyati Venesuelaning Cartel de los Soles guruhini xorijiy terrorchilik tashkilotlari (FTO) ro‘yxatiga rasman kiritdi.
Foto: Reuters
Qaror Davlat departamenti tomonidan 2025 yil 24 noyabrda e’lon qilindi.
AQSh Davlat departamenti va Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kartel Venesuelaning yuqori martabali harbiylari va amaldorlari bilan bog‘liq. AQSh kartelni prezident Nikolas Maduro va uning rejimidagi asosiy shaxslar boshqarayotganini da’vo qiladi.
AQSh versiyasiga ko‘ra, guruh AQSh va Yevropaga giyohvand moddalar savdosini tashkil etish uchun Venesuela davlat tuzilmalaridan foydalanmoqda.
2025 yil iyul oyida AQSh G‘aznachiligi kartelni xalqaro terroristik tashkilotlar (SDGT) ro‘yxatiga kiritib, AQSh hududidagi barcha ehtimoliy aktivlarni muzlatib qo‘ygan edi.
Cartel de los Soles (Quyosh yulduzlari karteli) Venesuela generallarining pogonlaridagi ramziy belgilar bilan bog‘liq bo‘lib, bu harbiy xizmatchilarning giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni aks ettiradi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, kartel klassik mafiya tuzilmasi emas, balki armiya, maxsus xizmatlar va hukumat ichidagi korrupsiyalashgan guruhlar tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Venesuela hukumati Cartel de los Soles markazlashgan tuzilma sifatida mavjudligini, Maduro yoki uning atrofidagilarning giyohvand moddalar savdosi bilan har qanday aloqalarini rad qiladi. Shuningdek, AQSh bayonotlari «siyosiy asoslangan» va «to‘qima» deb ataydi.
Kartelning FTO ro‘yxatiga kiritilishi unga bosim vositalarini sezilarli darajada kengaytiradi: tashkilot bilan hamkorlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish, sanksiyalar qo‘llash va aktivlarni muzlatish, Venesuela amaldorlariga xalqaro bosimni kuchaytirish.
Mavzuga oid
22:08 / 05.02.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33 / 05.02.2026
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27 / 05.02.2026