Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadan deportatsiyalar soni 18 foizga oshdi, ular yanada tezlashishi mumkin
2025 yil yanvar–oktyabr oylari orasida Germaniyadan 19 538 migrant chiqarib yuborildi - bu bir yil avval shu davrga nisbatan 18 foizga ko‘p. GFR mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turganlarni yanada faolroq tarzda chiqarishni istamoqda.
Germaniyadan noqonuniy migrantlarni majburiy chiqarib yuborish (deportatsiya)lar soni 2025 yilning dastlabki 10 oyida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi, deb xabar berdi GFR Ichki ishlar vazirligi yakshanba, 23 noyabr kuni. Yanvardan oktyabrgacha o‘z vataniga 19 538 noqonuniy migrant yoki kuniga o‘rtacha 65 kishi deportatsiya qilingan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning xuddi shu davrida 16 563 ta deportatsiya amalga oshirilgan. 2023 yilning shu davriga nisbatan olib qaraganda, hozir Germaniyadan deportatsiyalar soni 45 foizga ko‘paygan.
Ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt Bild am Sonntag gazetasiga bergan bayonotida hukumat migratsiya siyosatida yanada qat’iyroq yo‘l tutishini va mamlakatda yashash uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan chet el fuqarolarini chiqarib yuborishni faollashtirishni rejalashtirayotganini aytdi. Xususan, gap Suriya va Afg‘onistonga deportatsiyalar haqida ketmoqda.
«Gap migratsiya siyosatini nazorat qilish, yo‘nalish va aniq pozitsiya haqida bormoqda, bu deportatsiyalarga ham taalluqli. Biz bu kursni izchil davom ettiramiz va Suriya hamda Afg‘onistonga deportatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz», — dedi u.
Oktyabr oyi boshida Dobrindt yaqin orada Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati bilan afg‘onlarni muntazam deportatsiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
18:47 / 14.06.2026
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:00 / 10.06.2026