Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Turkiston shahri havo yo‘nalishlari orqali Urganch, Buxoro va Samarqand bilan bog‘lanadi.
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Turkiston shahrining Hazrat Sulton (HSA) xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning uchta shahriga: Urganch, Buxoro va Samarqandga bevosita reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlar dekabr oyida boshlanadi va chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.
Turkiston — Urganch — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar 2025 yil 1 dekabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Turkiston — Buxoro — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar shu yilning 2 dekabridan seshanba, payshanba va shanba kunlari boshlanishi rejalashtirilgan.
Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha reyslar shu yilning 3 dekabridan boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, yangi yo‘nalishlarning ishga tushirilishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport imkoniyatlarini kengaytiradi va mintaqadagi shaharlar o‘rtasida sayohatni yanada qulaylashtiradi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026