Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi
Inson a’zolarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomda nazarda tutilgan.
Foto: RIA "Novosti"
Adliya vazirligi Inson a’zolarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida retsipiyentlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish bo‘yicha nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Hujjatda retsipiyent va donorlarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi aniq belgilab qo‘yildi.
Nizomga ko‘ra, retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida uch oy ichida zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi shart.
Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra transplantatsiya amaliyotiga ruxsat berish yoki rad etish vakolati faqat Hukumatning 2024 yil 13 iyundagi 333-son qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalari huzuridagi tibbiy konsiliumga tegishli.
Tibbiy konsilium:
retsipiyentga – inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi to‘g‘risida;
donorga – transplantatsiya amaliyotiga layoqatli yoki layoqatsiz ekani to‘g‘risida tibbiy xulosa beradi yoki berishni rad etadi.
Nizomga muvofiq, agar transplantatsiya amaliyoti insonning ko‘rish, nutq, eshitish qobiliyatining yo‘qolishi, ruhiy holatining jiddiy buzilishi yoki mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga sabab bo‘lish xavfini keltirib chiqarsa, bunday holatda retsipiyent yoki donorga ijobiy tibbiy xulosa berish rad etiladi.
Mavzuga oid
09:40 / 03.12.2025
Qonuniy va xavfsiz klinikani qanday tanlash kerak?
22:23 / 02.12.2025
Ilk marta 3D-printerda bosilgan shoh parda bemorning ko‘rish qobiliyatini tikladi
09:37 / 02.12.2025
Statsionar bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o‘tkazish tartibi joriy etildi
13:33 / 27.11.2025