Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Mahdumi A’zam majmuasidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Samarqand viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida bo‘ldi. Prezident shu yil mart oyidagi tashrifi davomida Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga oid loyiha bilan tanishgan edi.

Mahdumi A’zam – naqshbandiya ta’limotining yirik rahnamolaridan bo‘lib, tariqat ilmiga doir 30 dan ortiq asar yozgan, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan zot sifatida e’tirof etilgan. Samarqand hukmdori Yalangto‘sh Bahodir uning qabri ustida daxma qurdirib, masjid va madrasa barpo etgan.

Hozirgi kunda ziyoratgohda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Majmua umumiy maydoni qariyb 5 gektarni tashkil etadi. Ziyoratchilar uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida maqbara yonida uch qavatli zamonaviy avtoturargoh, kirish darvozasi, kushxona va ma’muriy binolar, tahoratxona, ming kishilik masjid va qo‘shimcha ayvonlar qurilmoqda.


Ta’mirlash ishlaridan so‘ng ziyoratgoh bir vaqtning o‘zida 35 minggacha ziyoratchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi (avval bu ko‘rsatkich 5 ming nafar atrofida edi). Shuningdek, hududda 40 dan ortiq savdo va servis obektlari tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.
Allomaning ruhiga Qur’on tilovat qilindi, prezident ziyoratgohda daraxt ekdi. Ziyoratgohni yanada obodonlashtirish, bog‘ni ko‘kalamzor maskanga aylantirish va mehmonlar uchun qulayliklarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
15:41 / 05.12.2025
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
13:20 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2035 yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish majburiyatini oldi
13:20 / 05.12.2025