Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda PM2,5 ko‘rsatkichi me’yordan 2,4 marta oshdi
2025 yil 26 noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahri atmosfera havosida PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 144 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ruxsat etilgan me’yordan (60 mkg/m³) 2,4 marta yuqori. Shu bilan birga, PM10 ko‘rsatkichi 210 mkg/m³ bo‘lib, me’yordan oshmagan.
Foto: O‘zgidromet
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 26 noyabr kuni soat 09:00 da Toshkent shahri havosida:
- PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori — 210 mkg/m³, ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³) dan oshmagan;
- PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori — 144 mkg/m³, ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 2,4 marta yuqori.
Ta’kidlanishicha, ko‘rsatkichlarning oshib ketishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatgan. Harorat o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning havoda to‘planishi va ularning konsentratsiyasi oshishiga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:13 / 29.04.2026
Toshkentda 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etiladi
17:33 / 27.04.2026
Piskentdagi suv ta’minoti obyektida 14 km quvur talon-toroj qilindi
15:30 / 27.04.2026
“Peshlavhani uch marta o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi” - tadbirkorlar Toshkent dizayn-kodidan nega norozi?
22:59 / 26.04.2026