Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda havoni ifloslantirayotgan 15 obektda qurilish ishlari to‘xtatildi
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan ekologik reydlar doirasida 96 ta qurilish obekti o‘rganilib, havoni chang va qum bilan ifloslantirish bo‘yicha talablarni buzgan 15 ta obektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi, 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi YHXB, Bosh prokuratura, Qurilish vazirligi, Energoinspeksiya, Qurilish inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ekologik reydlar davom ettirilmoqda.
Tadbirlar doirasida Toshkent shahrining 12 tumanida joylashgan qurilish obektlari kompleks o‘rganildi. Jarayonga jami 140 nafar xodim jalb etildi.
Reydlar chog‘ida 96 ta qurilish obekti tekshirildi. Shulardan 60 ta holatda havoning chang va qum bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha majburiy talablar buzilgani aniqlandi. Shuningdek, 47 ta holatda qurilish maydonining kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi bajarilmagani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rildi:
- 15 ta obektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi;
- 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi;
- 68 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 24 ta obektda suv yuvish moslamalarini o‘rnatish ta’minlandi, 62 ta obektda esa avtomashinalar shinalarini yuvish uchun maxsus basseynlar yaratildi.
Mazkur reydlar qurilish ishlari davomida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, havo sifati va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026