Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ijarachi ayolga shilqimlik qilgan uy egasi 5 sutkaga qamaldi
28 yoshli shaxs Shayxontohur tumanidagi xonadonini yosh oilaga ijaraga bergan. So‘ng turmush o‘rtog‘i ishga ketganini bila turib, suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini ko‘rish bahonasida xonadonga borgan va ijarachi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan. Ijarachi kelin qo‘liga pichoq olgan holda undan himoyalanishga uringan.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida ijarachi ayolga tegajog‘lik qilgan uy egasi ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.
Sud hujjatiga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan M.M. Shayxontohur tumani Xadra mahallasidagi xonadonini yosh oilaga ijaraga bergan. U 2025 yil 8 noyabr kuni soat 10:00 larda oila boshlig‘i ishda ekanini bilgan holda suv hisoblagichning ko‘rsatkichlarini ko‘rish bahonasida xonadonga borgan. Uyga kirib, ayolga shilqimlik qilgan.
M.M. ayolga “eri yaxshi emasligi, o‘zi unga uylanib olmoqchi” ekani haqidagi gaplarni aytgan. So‘ngra jinsiy aloqa qilishga taklif qilib, belidan quchoqlagan va yuzidan o‘pmoqchi bo‘lgan. Ammo ayol baqirib, qo‘liga pichoq olgan holda o‘zini himoya qilishga uringan. Qolaversa, baqir-chaqirni eshitgan qo‘shni xonada ijarada yashovchi fuqarolar kelib qolgan.
Sudda M.M. ayolga tegajog‘lik qilmaganini aytgan. Ayol esa bo‘lib o‘tgan holatni aytib, erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
“Shahvoniy shilqimlik qildi. O‘zimni yo‘qotib, dovdirab qoldim. 9 oylik kelinchakman, qo‘limga pichoq olib, o‘zimni himoya qilishga majbur bo‘ldim. Darrov erimga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lgan holatni aytib berdim”, degan jabrlanuvchi sudda.
JIB Shayxontohur tuman sudining 2025 yil 26 noyabrdagi qarori bilan M.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Toshkentda avtobusda qizlarga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgandi.
Mavzuga oid
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
18:49 / 24.10.2025
Toshkent metrosida erkaklarga shilqimlik qilgan qozog‘istonlik bloger ayolga ma’muriy ish ochildi
14:11 / 03.10.2025
Toshkentda tezkor xodimga 10 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
21:24 / 18.09.2025