Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Markaziy Osiyo bilan birinchi sammitni o‘tkazishga tayyorlanmoqda
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston 20 yil davomida Yaponiya bilan faqat vazirlar darajasidagi muzokaralarda ishtirok etgan. Endi hamkorlik darajasi ko‘tarilishi mumkin.
Foto: Getty images
Yaponiya hukumati Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan birinchi sammitni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv 2025 yil dekabr oyida Tokioda bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo aniq sanalar aytilmagan. Bu haqda Yaponiya hukumatiga tayanib NHK xabar berdi.
Qayd etilishicha, besh respublika 20 yil davomida Yaponiya bilan vazirlar darajasidagi muzokaralarda ishtirok etgan.
Markaziy Osiyoning beshta davlati ilgari Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgani sababli Rossiya bilan yaqin aloqalarni saqlab qolmoqda. Xitoy ham ushbu davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda, deya ta’kidlaydi NHK.
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi bo‘lajak sammitdan boy resurslarga ega davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, qator sohalarda hamkorlikni ilgari surish imkoniyati sifatida foydalanishga umid qilmoqda.
«Markaziy Osiyo - Yaponiya» muloqotining 20 yilligi munosabati bilan tomonlar 2024 yil avgust oyida Qozog‘istonda sammit o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng tadbir so‘nggi lahzada bekor qilindi.
Mavzuga oid
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
22:57 / 03.12.2025
Ekologiya – nihoyat siyosiy muammoga aylanyaptimi?
20:57 / 03.12.2025