Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron sigaretalar noqonuniy aylanmasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan elektron sigaretalar, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari va ayrim tamaki mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, tashish, o‘tkazish hamda noqonuniy olib kirish yoki olib chiqish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Foto: Freepik
Yangi qonun (O‘RQ–1098-son, 27 noyabr 2025 yil) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga elektron sigaretalar va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha yangi norma qo‘shildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududiga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalar, ularni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, o‘tkazish, ishlab chiqarish, O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda sodir etilgan yoki bu uchun avval ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin qayta sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazolar qo‘llanadi:
- BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Shu bilan birga, Qonunda motivatsion norma ham nazarda tutilgan: agar bunday harakatni sodir etgan shaxs aybini ixtiyoriy ravishda bo‘yniga olsa, hokimiyat organlariga murojaat qilsa va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirsa, u jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Qonun bilan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgarish kiritilib, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar aylanishiga alohida taqiq o‘rnatildi.
Kiritilgan o‘zgartishlar aholining, ayniqsa yoshlarning salomatligini himoya qilish, zararli odatlarning tarqalishini cheklash hamda elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy bozorini qisqartirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
22:33 / 19.10.2025
Alkogol va tamaki bozorida nazorat tizimi avtomatlashtiriladi
16:00 / 18.09.2025
O‘zbekistonda tamaki kontrabandasiga qarshi kurash kuchaytirildi
23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
21:51 / 30.06.2025