Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabr uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
O‘zbekistonda qish qanday ob-havo bilan boshlanishi ma’lum qilindi.
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 1 dekabr, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishi haqida prognozlarini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...+1 daraja, kunduzi +11...+13 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, ba’zi joylarda –2 darajagacha, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
«O‘zgidromet»ning qish mavsumi uchun ob-havo prognozi
Dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha oylik harorat normaga nisbatan 1–1,5 daraja baland bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikda havo asosan iliq: kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat keskin o‘zgarib turadi: kechasi +2…+7 darajadan 0…–5 darajagacha, kunduzi +12…+17 darajadan +2…+7 darajagacha. Oylik yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘lishi kutilmoqda.
Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarda harorat katta diapazonda o‘zgarib turadi: kechasi +3…+8 darajadan –3…–8 darajagacha, kunduzi +10…+15 darajadan –2…+3 darajagacha. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Ko‘pchilik hududlarda kechasi –12…–17 daraja, kunduzi –5…–10 daraja, Nukus va Urganch atroflarida kechasi –20…–25 darajagacha tushishi mumkin.
Fevral oyi ko‘p yillik normalarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘n kunlikda anomal sovuq davom etadi: kechasi –5…–10 daraja, kunduzi –3…+2 daraja. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi: kechasi –2…–7 daraja dan +3…+8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajadan +10…+15 darajagacha. Janubiy hududlarda kunduzgi harorat +15…+20 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yor doirasida bo‘ladi.
Mazkur prognoz iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtimoliy sovuqlar va noqulay ob-havo sharoitlariga tayyorgarligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan. Prognoz yakuniy xarakterga ega emas, ob-havo sharoitlariga muvofiq o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
15:59
O‘zbekistonda 8 dekabrdan havo sovishi kutilmoqda
11:59
Hafta oxirida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
20:19 / 01.12.2025