Texnologiya | 19:52 / 30.11.2025
2352
1 daqiqa o‘qiladi

Kichik, lekin hayratlanarli: ultrakeng Kernelcom noutbuki

Kernelcom o‘zining noodatiy ultrakeng noutbukini taqdim etdi. Uning 12,5 dyuymli OLED ekrani 24:9 formatda va 1920x720 pikselli. Ekran sensorli va 75 Hz yangilanish tezligiga ega, bu kompakt noutbuklar uchun ancha noodatiy va qiziqarli jihat.

Foto: kickstarter.com

Eng qiziq tomoni mexanik klaviaturasi. Tugmalar odatdagidek pastda emas, maxsus ramka ustida joylashgan, shu bois kichik noutbuk bo‘lsa ham, u katta o‘yin klaviaturasini eslatadi.

Texnik jihatdan ikki variant mavjud:

  • Bazaviy model: Intel N150 protsessori, 16 GB RAM, 1 TB SSD, batareya 38 Vt soat.
  • Kuchli model: Ryzen 7 8840U protsessori, Radeon 780M grafikasi, 16 GB RAM, 1 TB SSD, batareya 57 Vt soat.

Portlar va Wi-Fi ham versiyaga qarab farq qiladi.

Noutbukning o‘lchami 321x140x36 mm, vazni esa 1,24 dan 1,43 kg gacha. Baza modeli Kickstarter’da 290 dollardan, kuchli versiyasi esa 590 dollardan sotuvga chiqdi.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Mavzuga oid