Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi jamoasi bilan Sharqiy konferensiya g‘olibi bo‘lib, finalga chiqdi
Lionel Messi afsonaviy Ferens Pushkashning rekordini yangilab, barcha davrlarning eng yaxshi assistentiga aylandi. Argentinalik afsonaning yangi sovriniga yana bir qadam qoldi.
MLS pley-off bosqichida Tomas Myuller va Lionel Messi o‘ynayotgan jamoalari mos ravishda G‘arbiy va Sharqiy konferensiyalar g‘oliblariga aylandi.
Endi «Vankuver Uaytkeps» va «Inter Mayami» jamoalari superfinalda to‘qnash kelib, mavsum chempionini aniqlashadi.
Messining tarixiy assisti: golli paslar soni bo‘yicha Ferens Pushkashning rekordi yangilandi
MLS pley-off bosqichi. 30 noyabr
«Inter Mayami» – «Nyu York Siti» 5:1
Gollar: Allende 14, 23, 89 (het-trik), Silvetti 67, Segoviya 83 – Haak 37.
«Inter Mayami»: Rios Novo, Alba, Allen (Brayt 57), Falkon, Veygandt (Frey 57), de Paul, Buskets, Allende, Rodriges (Segoviya 72), Messi, Silvetti (Suares 82).
Sharqiy konferensiya finalida «Inter» «Nyu-York Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 5:1. Ammo hisob aldamchi, chunki ikkinchi bo‘lim o‘rtalarigacha vaziyat qaltis bo‘lib turgandi. O‘yin oxirida floridaliklar qarshi hujumlarda uchta gol urishdi.
O‘yinning asosiy qahramoni, argentinalik Tadeo Alende bo‘ldi, u navbatdagi marta sermahsullik qilib, het-trik muallifiga aylandi. «Selta»ning 26 yoshli vingeri ijara asosida «Mayami»da o‘ynamoqda va allaqachon Luis Suaresning o‘rnini tortib oldi. U vatandoshi Messi bilan birgalikda pley-offdagi eng kuchli tandemni tashkil etdi: Alende beshta o‘yinda sakkizta gol urdi, Leoda to‘rt o‘yinda 6 gol va 6 golli pas.
«Inter» so‘nggi uch o‘yinda 4:0, 4:0 va 5:1 hisoblarida g‘alaba qozondi. Alende bu oraliqda ikki marta dubl va bitta het-trik qayd etdi, Messining ko‘rsatkichlari ham yuqori – 2+1, 1+3 va endi yana bir golli uzatma.
Finalda asosiy qahramonga aylanmagan bo‘lsa ham, 38 yoshli futbolchi tarixiy natijaga erishdi. Endi uning jami assistlari soni 405 taga yetdi va bu orqali u vengriyalik afsonaviy futbolchi Ferens Pushkashning natijasini bittaga yaxshilab, futbol tarixidagi eng yaxshi assistentga aylanib oldi.
Endi uning faoliyatidagi raqamlar shunday ko‘rinishda: 1136 ta rasmiy o‘yin, 896 ta gol va 405 ta assist.
Bundan tashqari, argentinalik futbolchi klublar miqyosida ham (344), milliy jamoalar miqyosida ham (61) eng yaxshi assistent hisoblanadi.
Aynan uning yetakchiligida «Inter» Mayami o‘z tarixida ilk bor pley-offda bu qadar uzoqqa yetib keldi va o‘yindan keyin unga Sharqiy konfederatsiya g‘olibligi uchun kubok topshirildi.
Lekin superfinal hali oldinda: endi mayamiliklar G‘arbiy konfederatsiyada g‘olib chiqqan «Vankuver»ga qarshi MLS kubogi uchun superfinal bahsida maydonga tushadi. E’tiborli tomoni, hozirda kanadaliklar klubi safida «Bavariya»ning yaqin o‘tmishdagi afsonasi, YeChL o‘yinlari orqali Messi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Tomas Myuller ham o‘ynamoqda. Ushbu ikki taniqli futbolchi to‘qnashuviga aylanadigan o‘yin 6 dekabr kuni Mayamida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:57 / 12.11.2025
«Og‘irim tushishini istamayman»: Messi JChga bormasligi mumkin
20:57 / 10.11.2025
Messi yashirincha «Barselona» stadioniga bordi
21:22 / 23.10.2025
Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirdi
10:03 / 06.09.2025