Argentina – Şveytsariya 3:1
Gollar: Makallister, 10 (1:0). Ndoy, 67 (1:1). Alvares, 112 (2:1). L. Martines, 120+1 (3:1)
Argentina: E. Martines, L. Martines, Romero (Otamendi, 106), Talyafiko (Gonsales, 78), Molina (Montiel, 85), Paredes (Lopes, 110), Fernandes (Almada, 91), Makallister, de Paul (L. Martines, 85), Alvares, Messi
Şveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges (Eray Jyemert, 90), Zakariyo (Yaşari, 96), Froyler (Vargas, 115), Jaka, Rider (Muhaym, 86), Ndoy (Vidmer, 86), Sou (Amduni, 86), Embolo
Ogohlantirişlar: Almada, 97. L. Martines, 98. Lopes, 114 – Embolo, 44
Çetlatiş: Embolo, 72 (ikkinçi sariq)

JÇ çorakfinalining Argentina va Şveytsariya milliy jamoalari örtasida keçgan sönggi bahsi ham dramatik tarzda keçdi. Janubiy Amerika vakillari öyin startidayoq hisobni oçgandi, ikkinçi bölim örtalarida yevropaliklar muvozanatni tikladi.

Ammo hisob tenglaşganidan bir neça daqiqa ötib, Şveytsariya ozçilik bölib qoldi: VAR aralaşuvidan keyin Embologa simulyatsiya uçun ikkinçi sariq kartoça körsatildi (yangi qoida işga tuşib, futbol tarixida ilk bor şunday holat kuzatildi).

Ozçilik bölib qolganiga qaramay, şveysariyaliklar asosiy vaqtda durang hisobni uşlab qolişdi, qöşimça bölimlarning birinçisida ham darvozalarga gol urilmadi.

Barça penaltilar seriyasiga tayyorgarlik körayotganida esa Alvares jarima maydoni taşqarisidan darvoza töqqizligini aniq nişonga olib, öyin taqdirini hal qildi. Ikkinçi overtaym tugayotganida esa argentinaliklar qarşi hujumda navbatdagi golni urib, öyinga nuqta qöyişdi.

Endi Argentina 16 iyulga ötar yarimfinal öyinida Angliyaga qarşi maydonga çiqadi.