JÇ-2026 yarimfinalida Argentina va Angliya örtasida keçgan uçraşuv (2:1) kutilganidek keçdi: hissiyotli, keskin, ziddiyatlarga boy va dramatik yakun. Jamoalar birinçi bölimda haqiqiy qirğinbarot uyuştirişdi, ikkinçi bölimga kelibgina futbol öynay boşlaşdi. Va unda «Albiselesta»ning qöli baland keldi: janubiy amerikaliklar birinçi bölib gol ötkazib yuborganiga qaramay, öyin oxirida qöşimça kuç topa olişdi va britaniyaliklar «örnatgan avtobus»ni buzib ötişdi.

Öyin hakam huştagi çalinganidan keyin ham «yondi»: Janubiy Amerika vakillari bu ğalabani Folklend uruşini yodga soluvçi provokatsion plakat bilan nişonlaşdi, Angliya milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Jud Bellinghem esa hissiyotlarini jilovlay olmadi va raqib futbolçisi Valentin Barkoning boşiga urib qoldi, ğalaba goli muallifi Lautaro Martines intervyu vaqtida yiğlab yubordi, himoyaçi Kristian Romero esa sobiq ingliz futbolçisi Gari Nevillning tanqidiga javob qaytardi.

«Çinakam telbalik»

Ikki golli uzatmasi bilan Argentinaning navbatdagi kambekining asosiy ijodkori bölgan Lionel Messi öyindan keyin jurnalistlar bilan gaplaşdi va öz manziliga bildirilayotgan nafratli sözlarga javob qaytardi.

«Kim nima desa deyaversin. Biz kuraşamiz, raqobatlaşamiz va futbol öynaşni bilamiz. Bugun hisobda ortda qolayotgan bölsak ham, Angliyaga qarşi öyinni töliq nazorat qildik. Biz bu maqomga öz mehnatimiz bilan erişdik. Heç kim bizga heç narsani şunçaki berib qöymaydi», – deya argentinaliklar sardorining sözlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Messi uşbu öyin argentinaliklar uçun prinsipial ahamiyatga ega bölganini tan olgan.

«Madhiya ijro etilayotgan vaqtdayoq bizda özgaça tuyğular bor edi. Birortamiz mağlubiyatga rozi böla olmasdik, Argentina xalqi ham bu ğalabani qattiq kutayotgandi – barça Angliyani mağlub etiş orzusida edi.

Finalga çiqişmi? Bunday öyinlarning har biri alohida özgaça. Bu hissiyotlarni yana bir bor boşdan keçiriş – aql bovar qilmas hodisa. Öylaymanki, bizning jamoa erişgan narsa – çinakam telbalik: qatorasiga ikki jahon çempionati finali.

Oçiğini aytsam, jahon çempionati boşlanişidan oldin biz kuçli törtlikka kirişimiz, çempionlik uçun kuraşişimizga işonçim komil edi. Bu natija meni ajablantirmaydi, çunki nimalarga qodirligimizni bilaman. Muammolarimiz bor edi, lekin jamoamiz yiğilib, birlaşsa, har qanday qiyin vaziyatdan çiqib keta oladi. Biz bir-birimizni qöllab-quvvatlaymiz», – deya forvardning sözlarini keltiradi TyC Spors.