Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftaning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zbekistonga payshanba kunidan nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir, tog‘larda qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari –3 darajagacha pasayishi mumkin.
Foto: Kun.uz
1–3 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. So‘ngra havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 3 dekabrga borib kunduzi +13 darajagacha iliydi.
Ammo 4–5 dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Havo harorati +6…+11 darajagacha pasayadi. 1–5 dekabr kunlari harorat kechalari –3...+2 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida 1–3 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4–5 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan jadalligi yuqori bo‘lmagan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0…+5 daraja bo‘ladi, 1–3 dekabr kunlari kunduzi +13…+15 darajagacha ko‘tariladi, 4–5 dekabr kunlari +8…+11 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:59
Hafta oxirida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
20:19 / 01.12.2025
Dekabrda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
16:43 / 30.11.2025