Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr oyi: iste’mol narxlari o‘sdi, biroq inflatsiya bosimi susaymoqda
2025 yil noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan. Yillik iste’mol narxlari indeksi 107,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,5 foiz bandga pasaygan.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning noyabr oyidagi iste’mol bozori dinamikasi yuzasidan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu oyda iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 2025 yil noyabrda 107,5 foizni tashkil etdi. Bu 2024 yil noyabrida qayd etilgan 110,0 foizlik ko‘rsatkichdan 2,5 foiz bandga past bo‘lib, inflatsiyaning yillik sur’ati sekinlashganini ko‘rsatadi.
Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 foizga, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,5 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgani kuzatildi.
Inflatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatgan oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilar bo‘ldi (narxlar o‘sishi):
bodring – 96,0 foiz, pomidor – 82,2 foiz, bulg‘or qalampiri – 61,2 foiz, baqlajon – 51,7 foiz, uzum – 12,1 foiz, anor – 7,9 foiz, qovoq – 5,4 foiz, olma – 4,7 foiz, mandarin – 4,5 foiz, shaftoli – 3,7 foiz, tarvuz – 3,4 foiz, qovun – 3,4 foiz, tovuq tuxumi – 2,4 foiz, quy go‘shti – 0,8 foiz, kartoshka – 0,7 foiz, birinchi navli bug‘doy uni – 0,5 foiz, mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) – 0,3 foiz.
Shu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxining pasayishi inflatsiya bosimini kamaytiruvchi omil bo‘ldi. Jumladan:
- sabzi – –26,1 foiz, sholg‘om – –7,1 foiz, barcha navdagi guruch va guruch oqishog‘i – –4,5 foiz, loviya – –4,2 foiz, shakar – –2,9 foiz, piyoz – –2,5 foiz, banan – –1,3 foiz, parranda go‘shti – –1,2 foiz.
Nooziq-ovqat mahsulotlari kesimida esa quyidagi tovarlar narxlarida o‘sish qayd etildi:
- propan – 7,4 foiz, benzin – 1,7 foiz, sement – 1,4 foiz, kiyim va poyabzal – 0,7 foiz.
Hisob-kitoblar uchun respublika bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarda 195 mingga yaqin narxlar qayd etildi. Jami 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari monitoring qilindi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025