Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurak uchun eng foydali mahsulotlar aytildi
Muntazam ravishda choy, qahva, rezavor mevalar, yong‘oq va zaytun moyi iste’mol qilish yurak-qontomir kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi, degan xulosaga keldi King’s College London tadqiqotchilari.
BMC Medicine nashrining yozishicha, ular 11 yil davomida 3,1 mingdan ortiq insonga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqishgan.
Olimlar tadqiqot davomida polifenollarga boy 20ta mahsulot asosida «polifenol indeksi»ni tuzishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mahsulotlarni muntazam iste’mol qilgan kishilarda qon bosimi va xolesterin miqdori me’yorida bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, choy yoki rezavor mevalarning muntazam iste’mol qilinishi yosh o‘tgan sari yurak-qontomir kasalliklariga chalinish ehtimolini kamaytiradi.
Mavzuga oid
22:06
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026