Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
Nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash tartibini belgilaydi.
Foto: IIB axborot xizmati
Hukumat qarori bilan «Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash tartibini belgilaydi.
Xodimlar quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki «Ye-patrul» tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
- shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;
- shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;
- qonunga muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.
Xodim shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotgani sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart.
Fuqarolarning shaxsiga doir ma’lumotlari planshet orqali «Ye-patrul» tizimiga to‘g‘ri kiritilishiga patrul-post xizmati xodimi mas’ul hisoblanadi.
Xodim «Ye-patrul» tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilmaslik uchun javobgardir.
Mavzuga oid
10:35 / 18.10.2025
Toshkentning beshta tumanida IIO FMBga yangi rahbarlar tayinlandi
18:40 / 07.08.2025
Hayvonlarni majburiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun bir yildan keyin kuchga kiradi
18:52 / 06.08.2025
It, mushuk, qoramol va boshqa hayvonlarni ro‘yxatga olish talablari belgilandi
18:22 / 01.08.2025