Hukumat qarori bilan «Içki işlar organlarining patrul-post xizmati bölinmalari tomonidan fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça davlat xizmatlarini şartnomaviy-huquqiy asosda körsatiş»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasidagi tadbirlar içki işlar organlarining patrul-post xizmati bölinmalari (vakolatli organ) tomonidan uşbu joylarda faoliyat körsatuvçi talabgor bilan tuziladigan şartnomalarga muvofiq amalga oşiriladi.

Talabgor buning uçun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron şaklda foydalaniş uçun YaIDXP (my.gov.uz)da röyxatdan ötadi.

Sörovnoma vakolatli organga kelib tuşgandan söng 10 iş kuni mobaynida körib çiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum böladigan joyni közdan keçiradi.

Talabgor tegişligiga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari yoki viloyatlar içki işlar boşqarmalari bilan şartnoma tuzadi.