Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoyga to‘rtinchi davlat tashrifini Pekindagi Imperator saroyiga tashrif bilan boshladi. U Pekinda XXR raisi Si Jinping bilan Ukrainadagi urush va savdo bo‘yicha kelib chiqqan ixtiloflarni muhokama qiladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron chorshanba kuni, 3 dekabrda, Xitoyga o‘zining yangi, to‘rtinchi davlat tashrifi bilan keldi. Pekinga qo‘ngach, u ko‘p o‘tmay Imperator saroyiga tashrif buyurdi. 4 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular chog‘ida Makron Ukrainadagi urushni hamda Fransiya va Xitoy o‘rtasida davom etayotgan savdo mojarosini muhokama qilishni mo‘ljallamoqda.
Yelisey saroyidan ma’lum qilinishicha, Fransiya prezidenti Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar fonida Pekinni Moskvaga bosim o‘tkazishga yana bir bor ishontirishga urinadi. Bundan tashqari, u Si Jinpingni «makroiqtisodiy nomutanosibliklarni qisqartirish ustida ishlash»ga chaqirish niyatida.
Emmanuel Makronga tashrif chog‘ida biznes vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda, ular orasida, jumladan, Airbus, EDF va Danone konsernlari rahbarlari bor. 4 dekabr kuni transport va energetika sohalarida bir qator iqtisodiy kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yelisey saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim bojlarni oshirish bo‘yicha kelishmovchiliklar asosan hal etilgan, ammo qo‘y go‘shti va sut mahsulotlarini yetkazib berish masalalarida ikki mamlakat o‘rtasida hanuz ayrim ixtiloflar saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026