O‘zbekiston | 02:11 / 06.12.2025
16291
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yer qimirladi

Zilzila o‘chog‘i Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan, episentrda zilzila kuchi 5 ballni, vodiyda hamda Toshkent va Sirdaryoda 2-3 ballni tashkil etgan. FVV hodisa oqibatida talafotlar yo‘qligi haqida ma’lum qildi.

6 dekabrga o‘tar kechasi soat 2:04 da O‘zbekiston hududida yer qimirladi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan.

Episentrda sezilish kuchi: 5 ball, magnituda: 4,5, chuqurlik: 17 km. Episentrdan Toshkent shahrigacha masofa 135 kilometrni tashkil etadi.

Yer silkinishi respublikaning quyidagi hududlarida sezilgan:

  • Namangan viloyati: 3 ball, 77 km;
  • Farg‘ona viloyati: 2–3 ball, 104 km;
  • Andijon viloyati: 2 ball, 129 km;
  • Toshkent shahri va viloyati: 2 ball, 135 km;
  • Sirdaryo viloyati: 2 ball, 173 km.

FVV esa mazkur hududlarda sezilish kuchi 2–3 ballni tashkil etgani, talafotlar yo‘qligini ma’lum qildi.

3 dekabrga o‘tar kechasi ham Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida ro‘y bergan zilzila (5 ball) kuchi Namangan viloyati hududida 2 ball bilan sezilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid