O‘zbekiston | 18:29
834
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Prezident Administratsiya rahbarining Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuvida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

«Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi. Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdik», deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘z telegram-kanalida.

Mavzuga oid