Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
Rossiya hujumi natijasida Xarkiv viloyatidagi Pechenej suv ombori to‘g‘oni orqali avtomobillar harakati to‘xtatildi. Bu viloyatdagi asosiy ichimlik suvi manbai hisoblanadi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkiv viloyatida joylashgan Pechenej suv ombori to‘g‘oniga zarba berdi. Bu haqda Pechenej posyolkasi kengashi raisi Aleksandr Gusarov yakshanba, 7 dekabr kuni kunduz Telegram’da xabar qildi.
«Pechenej to‘g‘oni yo‘l qismi bo‘ylab harakat to‘xtatildi», — deb yozdi u.
Xarkiv viloyatidagi Infratuzilmani tiklash va rivojlantirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rilgan zarar tufayli Chuguyev – Pechenegi – Velikiy Burluk yo‘nalishidagi T-21-11 yo‘lining Pechenej yonidagi qismida hamda Xarkiv – Volchansk – Chugunovka nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishidagi T-21-04 yo‘lida, Stariy Saltov tumani atrofida, avtomobil harakati xavfli holatga kelib qolgan. Hozir hodisa joyida mutaxassislar ishlamoqda — ular zarar ko‘rgan infratuzilmani ko‘zdan kechirmoqda va birinchi navbatda amalga oshiriladigan tiklash ishlarini bajarmoqda. Transport uchun aylanma yo‘l tashkil etilgan.
Pechenej suv ombori — Severskiy Donets daryosida qurilgan suv ombori. U 1962 yilda ishga tushirilgan. “Ukrinform” nashri yozishicha, ushbu ombor Xarkiv shahri uchun xo‘jalik va ichimlik suvining asosiy manbai hisoblanadi.
Ukraina Pechenej to‘g‘oni Rossiya hujumlari tufayli jiddiy darajada zarar ko‘rishi ehtimoliga tayyor va bu borada allaqachon zarur harakat rejalari ishlab chiqilgan, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari 16-armiya korpusi. Xususan, to‘g‘on vayron bo‘lgan taqdirda harakat uchun zaxira yo‘llar tayyorlangani va zarur moddiy-texnika zaxiralari to‘plangani bildirilgan. Shu bois damba orqali harakat imkoniyatining vaqtincha yo‘qolishi “jangovar harakatlar yuritilishiga jiddiy darajada ta’sir ko‘rsatmaydi”, deya ta’kidlangan.
“Zarur holatda Ukraina mudofaa kuchlari o‘ta qisqa muddatlarda buni qayta tiklashga tayyor. Bu uchun maxsus injyenerlik vositalari va mutaxassislar mavjud, ular allaqachon ishlab chiqilgan sxemalar bo‘yicha harakat qilmoqda”, — deyiladi 16-armiya korpusi bayonotida.
Shu bilan birga, Pechenej to‘g‘oni Xarkiv viloyatidagi o‘nlab aholi punktlarini suv bilan ta’minlaydigan muhim ahamiyatga ega obekt ekani qayd etiladi. “Dambani yo‘q qilishga qilingan urinishlar hech qanday harbiy asosga ega emas va xalqaro gumanitar huquq normalarining buzilishi hisoblanadi, ular urush jinoyati sifatida ko‘riladi”, — dedi Ukraina harbiylari.
Mavzuga oid
11:00
Berlin Pekindan Ukrainada “adolatli va barqaror tinchlik”ka hissa qo‘shishni so‘ramoqda
09:24
Kellog: Tinchlik kelishuvini imzolashga ikkita band to‘sqinlik qilmoqda
18:01 / 07.12.2025
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch kunlik muzokaralarda o‘sishga erishilmadi
09:22 / 07.12.2025