Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin aholi sonini o‘stirish uchun otalikni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi
Rossiya rahbari mamlakatda tug‘ilish kamayishda davom etayotganini, demak, demografiya sohasida ko‘rilgan choralar yetarli emasligini tan oldi.
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Strategik rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida aholi sonini ko‘paytirish vazifasiga alohida urg‘u berdi.
Davlat rahbari mamlakatda tug‘ilish kamayishda davom etayotganini, demak, demografiya sohasida ko‘rilgan choralar yetarli emasligini tan oldi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, obektiv omillar tufayli tug‘ilish kamaymoqda. Prezident ularga quyidagilarni kiritdi: umumjahon demografik tendensiyalari; XX asr o‘rtalari va oxiridagi demografik o‘ralarning ustma-ust tushishi; tashqi chaqiruvlar.
Shu bilan birga, Putin bir qator mintaqalarda farzand ko‘rishga tayyorlikni baholashning sotsiologik ko‘rsatkichi yaxshilanganini ta’kidladi. Bular Mordoviya, Oltoy respublikasi, Kabarda-Bolqor, shuningdek, Ukrainaning anneksiya qilingan Xerson va Zaporojiye viloyatlaridir.
Prezident hududlardagi demografik qo‘llab-quvvatlash choralarini tahlil qilib, eng maqbullarini tanlab olish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu bilan birga, Putin ishning ba’zi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatdi:
- ko‘p bolali oilalarni rag‘batlantirish, Har bir keyingi chaqaloq tug‘ilishi bilan bu qo‘llab-quvvatlash yanada salmoqli, oila uchun yanada sezilarli bo‘lishi kerak;
- rossiyalik oilalar farovonligini oshirish, daromadlar o‘sishini ta’minlashga erishish;
- nafaqat onalikni, balki otalikni ham qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rib chiqish.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar oila tashvishlarida, farzandlar tug‘ilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishda faolroq ishtirok etishi va ularning tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratishi kerak.
Shuningdek, u allaqachon tayyorlangan chora-tadbirlar haqida, jumladan, rag‘batlantirish pullari va soliqdan imtiyozlar haqida e’lon qildi.
Mavzuga oid
19:00
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
12:25
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
11:00 / 07.12.2025
Hindistonlik jurnalist Putindan nima uchun Donbassdagi rusiyzabon va Rossiyani qo‘llovchi ukrainlarning uylarini yakson etayotganini so‘radi
21:54 / 06.12.2025