Jahon | 21:09
3928
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya shimolida joriy yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi

7,2 ball zilziladan keyin sunami xavfi e’lon qilindi.

Foto: Noriaki Sasaki

Yaponiyada 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy NHK nashri.

Zilzila markazi dengizda, Xonsyu orolining shimoliy qismidan taxminan 80 kilometr sharqda joylashgan.

Yer silkinishlari Aomori prefekturasida eng kuchli sezildi. Vayronagarchilik va jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.

Zilziladan keyin sunami xavfi e’lon qilindi.

Zilzila 2025 yil boshidan beri Yaponiyada magnitudasi bo‘yicha eng kuchlisi bo‘ldi. Bungacha eng kuchli zilzila 9 noyabr kuni Ivate prefekturasi qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan edi. Uning magnitudasi 6,8 ball edi. Oqibatda kichik sunami yuzaga keldi, qurbonlar bo‘lmadi.

Mavzuga oid