Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarilishi mumkin
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi hamda Janubiy Koreyaning «Robotis» kompaniyasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi shuni nazarda tutadi.
Foto: Getty images
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati yakunida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi hamda Janubiy Koreyaning robototexnika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri «Robotis» o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarish, robototexnika sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan texnologik baza, ishlab chiqarish quvvatlari va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishni nazarda tutadi.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ishtirok etdi.
Uchrashuvda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish, yuqori texnologiyalar va sanoat tarmoqlarida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026