Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston hukumatining 2025 yil 6 dekabrdagi 772-son qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanib, agrar sohada sug‘urta munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo‘yildi.
Nizomda Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek Jamg‘arma faoliyatini boshqarish tartibi belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni tashkil etish va boshqarish;
sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazilgan zarar qiymatini qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini ta’minlash.
Jamg‘arma o‘z vazifalari doirasida sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini tuzish, vositachilar, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Jamg‘arma faoliyati uning boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026