Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi
Ular hozirgi zamonni o‘zgartirgani va insonning 2025 yildagi imkoniyatlari chegaralarini kengaytirgani uchun e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Sun’iy intellekt asoschilari Amerikaning Time jurnali tomonidan 2025 yil odami unvoniga sazovor bo‘ldi.
«2025 yil sun’iy intellektning butun salohiyati to‘liq namoyon bo‘lgan va ortga yo‘l yo‘qligi ayon bo‘lgan yil bo‘ldi. O‘ylovchi mashinalar davri haqiqatga aylangani uchun; insoniyatni hayratga va tashvishga solgani uchun; hozirgi zamonni o‘zgartirgani va insonning 2025 yildagi imkoniyatlari chegaralarini kengaytirgani uchun sun’iy intellekt me’morlari Time yil odami bo‘ldi», deyiladi jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Jurnal muqovasiga Meta rahbari Mark Tsukerberg, AMD bosh direktori Liza Su, xAI, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask, Nvidia rahbari Jyensen Xuan, OpenAI rahbari Sem Altman, DeepMind bosh direktori Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodey va ImageNet asoschisi Fey-Fey Li joylashtirildi. Ularning barchasi po‘lat to‘sin ustida o‘tiribdi, tasvirning o‘zi esa 1932 yilda olingan «Osmono‘par binodagi tushlik» suratiga ishora qiladi.
Time jurnali 1927 yildan beri yil odamini aniqlab kelmoqda. U so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki tushuncha bo‘lishi mumkin, bunda uning foyda yoki zarar keltirgani ahamiyatsiz.
2024 yilda bu unvonni AQSh prezidenti Donald Tramp olgan edi.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026