Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havosida mayda zarrachalar darajasi me’yordan oshmadi
2025 yil 11 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish bo‘yicha avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahri havosida PM10 va PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori belgilangan me’yorlardan oshmagani qayd etildi.
Monitoring natijalariga ko‘ra:
🔹 PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 66 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³)dan ancha past;
🔹 PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 54,4 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ham belgilangan ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³)dan oshmadi.
Shu tarzda, joriy vaqt kesimida poytaxt atmosfera havosidagi mayda zarrachalar darajasi sanitar me’yorlarga mos ekani ma’lum qilinmoqda.