Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda ishlayotgan o‘zbekistonliklar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
12 dekabr kuni Dubay shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev BAA Inson resurslari va amirliklashtirish vazirligi xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Abdulla al-Nuaymi bilan uchrashuv o‘tkazib, qonuniy mehnat migratsiyasi va Amirliklarda ishlayotgan vatandoshlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Suhbat davomida tomonlar qonuniy migratsiyani rivojlantirish, BAA hududida mehnat faoliyatini yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan fikr almashdi. Abdulla al-Nuaymi Amirliklarda joriy etilgan mehnat tizimi hamda xorijiy ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Xususan, ishlash uchun taklifnoma bilan kelgan barcha fuqarolarning huquqlari vazirlik tomonidan to‘liq nazorat qilinishi, oylik maoshlarning o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlanishi asosiy masala ekani ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishini inobatga olgan holda, mamlakatning malakali kadrlariga ehtiyoj alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ish haqini himoya qilish tizimi, inspeksiya nazorati va raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish maqsadida o‘quv seminarlarini tashkil etish, BAA mehnat tizimi tajribasini o‘rtoqlashish uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan onlayn muloqotlar o‘tkazish, shuningdek, rekruting kompaniyalari orqali Amirliklarda ishlayotgan vatandoshlar sonini oshirishga qaratilgan qo‘shma choralarni faollashtirish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
14:31 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev: BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim
20:00 / 17.05.2026