Jahon | 15:10 / 13.12.2025
508
2 daqiqa o‘qiladi

“Valday” klubi a’zolari YeI sanksiya ro‘yxatlariga kiritiladi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 15 dekabr, dushanba kuni sanksiya ro‘yxatlarini kengaytiradi va unga Rossiya targ‘ibotchilari orasidan yangi ismlarni, jumladan “Valday” klubi a’zolarini ham kiritadi, deyiladi DW muxbirining xabarida.

Foto: Maxim Shipenkov/ASSOCIATED PRESS/picture alliance

DW muxbirining savoliga javob bergan YeI amaldori Bryusseldagi brifingda juma, 12 dekabr kuni shunday dedi:

“Valday” munozara klubi Rossiya hukumati tomonidan tashkil etilgan. Biz uning Rossiya haqidagi xalqaro qabul qilish va narrativlarga ta’sir o‘tkazish uchun murakkab vosita sifatida ishlashini bilamiz. Unga allaqachon Rossiyaning beqarorlashtiruvchi faoliyatiga qarshi kurashishda qo‘llaydigan sanksiya rejimi tatbiq etilgan. Bizda ro‘yxatda hozirning o‘zida 60 dan ortiq ism bor, dushanba kuni esa yangi ismlar paydo bo‘ladi”.

2004 yilda tashkil etilgan “Valday” o‘zini ekspert-tahlil markazi sifatida ko‘rsatadi: u Rossiya va xorijiy siyosatshunoslar, jurnalistlar, jamoat arboblarini global siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qilish uchun to‘playdi. Bu muhokamalar ko‘pincha Rossiyaning eng yuqori rahbariyati, jumladan RF prezidenti Vladimir Putin bilan ochiq muloqot formatida o‘tkaziladi.

Amalda esa u Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga oid narrativlarini ilgari surish hamda Rossiya rahbariyatining imperialistik siyosatini oqlash uchun propaganda maydoni vazifasini bajaradi, deyiladi DW xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid