Texnologiya | 18:17
1265
2 daqiqa o‘qiladi

Apple iPhone’da Face ID’dan voz kechmoqda

Insaydlarga ko‘ra, Apple buklanadigan iPhone Fold’da Face ID’dan foydalanmaydi. Kompaniya uning o‘rniga ilgari mashhur bo‘lgan Touch ID’ni qaytarishni rejalashtiryapti. Barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomonidagi Power tugmasiga joylashtiriladi.

Touch ID oxirgi marta 2022 yildagi iPhone SE’da ishlatilgan, asosiy flagman modellarda esa u 2017 yildan beri yo‘q edi. Endi esa u Apple’ning eng qimmat va eng kutilayotgan iPhone’ida yana paydo bo‘lishi mumkin.

Bunga asosiy sabab qurilma dizayni bilan bog‘liq. Face ID va ekran ostidagi skanerlar ichki qismda ko‘p joy egallaydi. Buklanadigan iPhone esa raqobatchilardan qalin bo‘lib ko‘rinmasligi kerak. Bundan tashqari, qurilmani yopiq va ochiq holatda qulfdan chiqarish uchun ikki xil Face ID tizimi talab qilinardi.

Touch ID’ning qaytishi Apple muxlislarining bir qismi uchun yaxshi yangilik bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bu usulni tezroq va qulayroq deb hisoblaydi.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

 

Mavzuga oid