O‘zbekiston | 19:41 / 15.12.2025
4549
3 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi

Seshanba kuni hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba−juma kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi va u qorga aylanishi ham mumkin. Harorat asta-sekin –3 darajagacha pasayadi, kunduzi 0…+3 daraja bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

1719 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatiladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Dushanba kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +2…+5 daraja bo‘ladi.

Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2…+3 daraja, kunduzi +5…+10 daraja bo‘ladi.

Chorshanbajuma kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Harorat 17 dekabrda kechasi +1…+4 daraja, kunduzi +4…+7 daraja iliq bo‘ladi, 1819 dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0…3 darajagacha pasayadi, kunduzi 0…+3 daraja bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 712 metr/soniya tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 1718 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kuni harorat +3…+5 daraja bo‘ladi. 16 dekabr kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi –1…+1 daraja, kunduzi +7…+9 daraja bo‘ladi.

1719 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 1819 dakabrda qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat 17 dekabrda kechasi +2…+4 daraja, kunduzi +5…+7 daraja bo‘ladi, 1819 dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0…3 darajagacha pasayadi, kunduzi 0…+3 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid