Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
Joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonga 35 ming tonnagacha neft tranziti rejalashtirilgan.
Qozog‘iston dekabr oyida Qirg‘izistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirdi, O‘zbekistonga tranzitni tikladi, deb xabar berdi «KazTransOyl» davlat kompaniyasi.
Qozog‘iston joriy yil noyabr oyida Qirg‘izistonga neft yetkazib berishni qayta tiklagan edi, avvalgi ta’minot 2017 yilda amalga oshirilgan.
«2025 yil oxirigacha KTO Qirg‘izistonga 30 ming tonnagacha neft jo‘natadi. Joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonga 35 ming tonnagacha neft tranziti rejalashtirilgan. Ikkala yo‘nalishga neft yetkazib berishning umumiy hajmi 65 ming tonnagacha, shundan joriy oyda 55 ming tonnagacha bo‘ladi», deyiladi kompaniya xabarida.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha neftni tashish magistral neft quvurlari tizimi orqali Shag‘ir KTO neft quyish punktigacha amalga oshiriladi, u yerda neft temiryo‘l sisternalariga quyiladi.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
14:02 / 09.06.2026