Jahon | 14:30
622
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis biznesi Ukrainaga yordamni Germaniya buyurtmalari bilan bog‘lamoqchi

Nemis iqtisodiyoti vakillari Ukrainaga moliyaviy yordamni Germaniya kompaniyalari uchun buyurtmalar bilan ko‘proq bog‘lashga chaqirdi. Ularning aytishicha, hozir YeI yordami ko‘pincha uchinchi davlatlar firmalarining tenderda yutishiga olib kelyapti.

Foto: RIA Novosti

Nemis iqtisodiyoti Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordam kelgusida Germaniya kompaniyalari uchun buyurtmalar bilan ko‘proq bog‘lanishini istayapti. “Germaniya va YeI Ukrainaga juda katta mablag‘lar ajratadi, ammo natijada tenderlarni ko‘pincha xitoy, hind va turk firmalari yutyapti, chunki hal qiluvchi mezon faqat narx bo‘lib qolyapti”, — dedi Nemis iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixael Xarms 14 dekabr, yakshanba kuni e’lon qilingan Politico nashriga intervyusida.

“Biz nemis iqtisodiyoti sifatida o‘z mablag‘larimiz hisobidan amalga oshirilayotgan tiklash loyihalarida ko‘proq ishtirok etishni istaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi u. Xarmsning ta’kidlashicha, boshqa davlatlar bu masalada ancha pragmatik harakat qiladi.

Xarms aytgan talab siyosatchilarga qaratilgan bo‘lib, 15 dekabr kuni Berlinda o‘tayotgan 8-Germaniya–Ukraina iqtisodiy forumi munosabati bilan ilgari surilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada tenderlar o‘tkazish tartib-taomillari yanada shaffof bo‘lishi zarur.

“Bundan ko‘p nemis kompaniyalari shikoyat qiladi”, — dedi u. Xarms fikricha, Germaniya ukrain tomoniga “tegishlicha ta’sir o‘tkazish” uchun yetarlicha nufuzga ega.

Xarms Germaniya bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni muvaffaqiyatli deb atadi. Uning aytishicha, 2025 yil oktyabriga kelib Germaniyaning Ukrainaga eksporti “yana 14 foizga oshgan”. Shu bilan birga, o‘sish faqat harbiy mahsulotlarda emas: “Eksport o‘sishi hatto faqat fuqarolik tovarlarini hisobga olsak ham yaqqol ko‘rinadi”, — deya ta’kidladi u.

Mavzuga oid