Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq hududlarda uy-joy tarkibi: xususiy hovlilar mutlaq ustunlikka ega
Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar–sentabr oylaridagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning qishloq hududlarida yashayotgan uy xo‘jaliklarining 99 foizi alohida uy (xususiy hovli)larda istiqomat qiladi. Ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar ulushi esa 0,9 foizni tashkil etgan.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarda qishloq hududlarida uy-joy turlari kesimidagi holat aks etgan. Unga ko‘ra, qishloq joylarda uy xo‘jaliklarining mutlaq ko‘pchiligi alohida uylarda yashashni afzal ko‘radi.
Uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- alohida uy (xususiy hovli) — 99 foiz;
- ko‘p kvartirali uylar — 0,9 foiz;
- boshqa turdagi uy-joylar — 0,1 foiz.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, “xususiy hovli”lar qishloq hududlarida asosiy uy-joy shakli bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uylar hamda boshqa turdagi uy-joylarda istiqomat qiluvchi uy xo‘jaliklari ulushi sezilarli darajada past ekani ko‘rinadi.
Mavzuga oid
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
14:52 / 16.12.2025
Sartaroshxona xizmatlari narxi: yil boshidan buyon sezilarli o‘sish
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
10:30 / 16.12.2025