Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 27,5 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 ming nafarga yoki 26,9 foizga oshgan.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, 2025 yilning 10 oyi davomida Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashriflari sonida ijobiy dinamika kuzatilgan. Tashrif buyurganlarning katta qismi mamlakatga sayohat maqsadida kelgan.
Fransiya fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- sayohat — 25,2 ming nafar;
- xizmat yuzasidan — 1,1 ming nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 1 ming nafar;
- o‘qish — 76 nafar;
- tijorat — 20 nafar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat maqsadida tashriflar umumiy oqimda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Mavzuga oid
09:15
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
20:03 / 26.03.2026