Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cho‘ntagingizga sig‘adigan SI-superkompyuter
Tiiny AI yangi Pocket Lab qurilmasini chiqardi - dunyodagi eng kichik shaxsiy SI-kompyuter. Hajmi atigi 14×8×2,5 sm, og‘irligi taxminan 300 g, ya’ni cho‘ntagingizga sig‘adi.
Bu kichik qurilma juda qudratli: u 120 milliard parametrli sun’iy intellekt modellari bilan ishlay oladi, buning uchun internet yoki qo‘shimcha videokarta kerak emas. Ichida 12 yadroli protsessor, maxsus AI chipi, 80 GB tezkor xotira va 1 TB SSD mavjud. Shuningdek, energiya sarfi odatdagi kompyuterdek 65 Vt.

Dasturlarni o‘rnatish juda oson: Llama, Qwen, DeepSeek, Mistral va Phi kabi mashhur AI modellarini bir marta bosish bilan ishga tushirish mumkin. Ma’lumotlar faqat qurilmada saqlanadi.
Pocket Lab CES 2026 ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Narxi va chiqish sanasi hozircha noma’lum.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
16:38 / 07.01.2025
Xitoyning “miya-kompyuter” interfeysi fikrlarni o‘qishni o‘rgandi
15:08 / 01.01.2022
Kompyuter o‘yinlariga haddan ortiq ruju qo‘yish xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi
18:44 / 10.11.2021
Apple-1 kompyuteri kimoshdi savdosida 400 ming dollarga sotildi
17:08 / 09.11.2020