Texnologiya | 14:03
588
2 daqiqa o‘qiladi

iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum va nimani kutish mumkin?

Foto: Apple

Apple professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi iMac Pro ustida ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u M5 Pro yoki M5 Max chipi bilan jihozlanadi va taxminan 2026 yilda chiqarilishi kutilmoqda.

So‘nggi iMac Pro modeli 2017 yilda chiqqan edi: u Intel Xeon 3,2 GHz protsessor va 27 dyuymli Retina 5K ekran bilan jihozlangan. M1 protsessorining chiqishi bilan Apple Intel chipli barcha Mac’larni to‘xtatgan va yangi iMac Pro loyihasi unutilgan deb o‘ylangan. Shu paytga qadar kompaniyada Mac Studio, Mac mini va oddiy iMac modellari professional foydalanuvchilar ehtiyojini qondirib kelayotgan edi.

Lekin ko‘rinib turibdiki, iMac Pro loyihasi hali ham tirik. Insayderlar Apple muhandislari tomonidan ishlatiladigan test fayllaridan yangi qurilmaning mavjudligini tasdiqlashgan. Qurilmaning kod nomi J833c.

Yangi iMac Pro 32 dyuymgacha ekran, yuqori yangilanish chastotasi, zamonaviy interfeyslar, jumladan Wi‑Fi 7 va Thunderbolt 5 bilan jihozlanishi kutilmoqda. Bloomberg nashrining mashhur insayderi Mark Gurman ham avvalroq, Apple katta ekranli, professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan iMac ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Mavzuga oid