Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
17 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqot avvalida oliy martabali mehmon davlat rahbariga Koreya prezidenti Li Chje Myonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi siyosiy hamda parlamentlararo aloqalar jadal tus olgani qayd etildi. Shuningdek, tovar ayirboshlash hajmi va Koreyadan, avvalo, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish hamda yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar gumanitar va ta’lim almashinuvlari kengayayotganiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, O‘zbekistonda Koreya yetakchi universitetlarining to‘rtta filiali va hududlardagi professional ta’lim markazlari faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, transport-logistika, nodir metallar va o‘ta muhim xomashyoni qayta ishlash, qonun ijodkorligini raqamlashtirish hamda boshqaruvda ilg‘or yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi. Parlamentlararo hamkorlik dasturini ishlab chiqish va parlamentlardagi “do‘stlik guruhlari” faoliyatini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar, jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasidagi uchrashuvlar kun tartibini puxta tayyorlash zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
08:24
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQShga boradi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
18:30 / 16.02.2026
Birinchi milliy kosmonavtni qisqa muddatli parvozga tayyorlash taklif qilindi
18:25 / 16.02.2026